Yaxshi hikoyalar til tanlamaydi.

Maxfiylik siyosati

Saytdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Rang va qorong‘i/yorug‘ rejim faqat qurilmangizda saqlanadi. Til tanlovi cookie orqali eslab qolinadi. Anonim sessiya va trafik manbasi cookie’lari oxirgi faollikdan 30 daqiqa saqlanadi; bir sessiyadagi takroriy tashrif va reklama ko‘rishlari qayta sanalmaydi.

Statistika uchun tasodifiy sessiya belgisi maxfiy kalit bilan bir tomonlama xeshlanadi. Sessiya internet manzili o‘zgarganda ham saqlanadi. Ilova bazasida asl IP, cookie qiymati yoki to‘liq tashrif manzili saqlanmaydi. Tashriflar, kino ochilishi, botga o‘tish va reklama hodisalari hisoblanadi; manba faqat Google, Yandex, Telegram, Instagram, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa sifatida yoziladi. Brauzer ma’lumotlarini tozalash orqali rang va til tanlovini o‘chirish mumkin. Telegram botdagi so‘rovlar foydalanuvchi Telegram IDsi bilan saqlanishi mumkin.

Murojaat yuborish